Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Venesuela Oliy sudi Maduro prezident etib saylanganini e’tirof etdi
18:00 / 2024-08-23

Oliy sud saylov komissiyasi e’lon qilgan natijani tan olib, Nikolas Maduro Venesuelani 2025-2031 yillar davomida boshqaradigan Prezident sifatida saylanganini e’lon qildi. Bu haqda “Telesur” telekanali yozgan.

Sud fikricha, raqibidan farqli o‘laroq sudga kelmagan muxolifatchi sobiq nomzod Edmundo Gonsalesga nisbatan chora ko‘rilishi kerak.

Milliy saylov kengashi 28 iyulda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida amaldagi yetakchi Nikolas Maduroning g‘alabasini e’lon qilgandi. Ertasi kuni natijadan norozi fuqarolar ko‘chaga chiqishdi. Poytaxt Karakas va boshqa shaharlarda politsiya bilan namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi.

Politsiyaga tegishli 250 dan ziyod tayanch nuqtasi vayron qilindi. Tartib posbonlari 2 mingdan ko‘p odamni hibsga oldi. Ushlanganlar davlat infratuzilmasini vayron qilish, nafrat olovini yoqish va terrorchilikda ayblanmoqda.