Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Venesuela Oliy sudi Delsi Rodrigesni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti etib tayinladi
16:18 / 2026-01-04

“El Nacional” nashri yozishicha, Venesuela Oliy sudi vitse-prezident Delsi Rodriges hukumatning uzluksizligini va mamlakat mudofaasini ta’minlash uchun barcha prezidentlik vakolatlari, vazifalari va mas’uliyatini vaqtincha o‘z zimmasiga olayotganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 2:00 atrofida Karakas aholisi bir qator portlashlar va past uchuvchi samolyotlar ovozini eshitdi. Venesuela rasmiylari darhol Vashingtonni butun mamlakat bo‘ylab fuqarolik va harbiy nishonlarni nishonga olishda aybladi.

Shundan so‘ng, AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirilgani, Maduro va uning rafiqasi olib ketilganini tasdiqladi.

Qo‘shma Shtatlar bosh prokurori Pam Bondi Nikolas Maduro va Siliya Floresga qarshi rasmiy ayblovlar qo‘zg‘atilganini e’lon qildi. Bularga narkoterrorizm, AQSHga qarshi avtomatik qurollar va vayronkor qurilmalarni saqlash va ularga egalik qilish uchun fitna uyushtirish kiradi.

Venesuela hukumati AQSHning bu harakatlarini suverenitetni qo‘pol ravishda buzish sifatida baholab, xalqaro hamjamiyatni bu hodisani qattiq qoralashga chaqirdi.

G.Sattorova, O‘zA