Venada MAGATE Bosh konferensiyasi sessiyasi boshlanadi
Bugun Avstriya poytaxti Vena shahrida MAGATE Bosh konferensiyasining navbatdagi, 67-sessiyasi ish boshlaydi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar vakillari boshqa dolzarb maslalar qatori Ukrainada yadro xavfsizligi va KXDRning yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma kafolatini ta’minlashi masalasini ham muhokama qilishadi.
“TASS” xabariga ko‘ra, anjuman 29 sentyabrgacha davom etadi.
MAGATE Bosh konferensiyasi har yili sentyabr oyida Venada o‘tkaziladi. Tuzilmaga 177 mamlakat a’zo. Yig‘ilishda keyingi yil byudjeti qabul qilinadi hamda a’zo davlatlar, Bosh direktor va Boshqaruvchilar kengashi tomonidan ilgari surilgan boshqa mavzular ko‘rib chiqiladi.
O‘zA