French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velotrekkchilarimiz Osiyo kubogining ilk kunida 4 ta medalli bo‘ldi
09:54 / 2025-08-29

Taylandning Supxanburi shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo kubogi o‘tkazilmoqda. Unda qitamizning eng kuchli terma jamoalari kattalar va yoshlardan toifasida o‘zaro raqobatlashmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida Milliy terma jamoamiz a’zosi Asal Rizayeva "Scratch race" dasturida 10 km. masofada o‘tgan final bellashuvida barcha raqiblarini ortida qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.  Osiyo kubogining jamoaviy yo‘nalishdagi "Team Pursuit" dasturida Nafosat Qoziyeva, Asal Rizayeva, Alina Bakcheyeva hamda Samira Ismoilodan iborat terma jamoamiz kumush medali bilan taqdirlandi.  

Shuningdek, ilk kunda Alina Bakcheyeva "Keirin" yo‘nalishida, Samira Ismoilova esa "Scratch race" dasturida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Shu tariqa, Osiyo kubogining birinchi kungi dasturda milliy terma jamoamiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA