Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velotrek: mamlakat chempionatining kuchlilari aniqlanmoqda
19:18 / 2021-10-07

Poytaxtimizda velotrek bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqa dasturidan o‘rin olgan bir qator yo‘nalishlarda mamlakat chempionlari va sovrindorlar nomi aniqlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda xorazmlik Samandar Sultonov marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib keldi va chempionlikka erishdi. Uning raqiblari Vladislav Troman va Abduhamid To‘ychiyev keyingi o‘rinlardan joy egalladi.

Qizlar bahsida Margarita Misyurina g‘oliblikka sazovor bo‘ldi. Anna Kuskova hamda Asal Rizayeva esa 2 va 3-o‘rinni band etishdi. Kattalar o‘rtasidagi poygalarda bo‘lsa Aleksey Fomovskiy hamda Yanina Kuskovaga teng keladigan raqib topilmadi.

Chempionatning sprint bahslari ham qiziqarliligi bilan ajralib turdi. Yoshlar o‘rtasidagi bahslarda g‘oliblikka erishgan Samandar Sultonov bu gal ham o‘z mahoratini ko‘rsatdi va ushbu dasturda ham tengsiz ekanini namoyish etdi.

Sprint bahslarining qizlar dasturida Sabina Zohidova eng yaxshi natijaga erishdi. Musobaqaning yana bir qiziqarli dasturi bo‘lgan 40 aylanadan iborat skretch poygasi musobaqasida sovrinli o‘rinlar Damir Zabirov, Dmitriy Bocharov va Timur Abduhakimovga nasib qildi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA