Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchimiz Osiyo chempionati sovrindori bo‘ldi
22:15 / 2026-02-05

Saudiya Arabistonida Al-Qosim viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining dastlabki kunida hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Chempionatning qizlar o‘rtasida U23 yosh toifasida kechgan bellashuvda  terma jamoamiz a’zosi Asal Rizayeva yakkalik ta’qib poygasi dasturida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Aytish lozim, 11 fevralga qadar davom etadigan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar a’zosi ishtirok etmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA