Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchimiz Italiyada sovrindor bo‘ldi
11:19 / 2023-03-15

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yanina Kuskova Italiyada veloshosse bo‘yicha o‘tkazilgan "Trofeo Ponente in Rosa" ko‘p kunlik poygasida sovrindorlar qatoridan joy olib, "Parij-2024" Olimpiadasi reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqada Kuskova dunyoning eng kuchli sportchilari bilan bahs olib bordi va turnirni 2-o‘rin bilan yakunladi. "Trofeo Ponente in Rosa" ko‘p kunlik poygasi g‘olibligiga "Tokio-2020" Olimpiadasi oltin medal sohibi shveysariyalik Yolanda Neff erishdi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA