Velosportchilarimiz Turkiyada oltin va bronza medalli bo‘ldi
Turkiyaning Alaniya shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha "International Alanya Castle Criterium" poygasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi guruh poygasida ishtirokchilar 29 km masofada o‘zaro raqobatlashdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili shohsupaga ko‘tarildi.
Aniqrog‘i, terma jamoamiz a’zosi Yekaterina Knebleva marraga 47 daqiqa 11 soniyada birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Yevgeniya Golotina 47 daqiqa, 19 soniyada belgilangan masofaga yetib kelgan holda bronza medaliga ega chiqdi. Musobaqaning kumush medali jazoirlik Houli Nesrinega (47:13) nasib etdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA