Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchilarimiz tantanali kutib olindi
11:18 / 2026-02-14

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari mamlakatimizga qaytib keldi.

Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston velosport federatsiyasi mutasaddilari, keng sport jamoatchiligi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tantanali kutib oldi. 

Kutib olish marosimida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Lyudmila Makelova sportchilarni samimiy muborakbod etib, ularning qayd etgan natijalarini alohida e’tirof etdi, kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham sportchilarimiz ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Osiyoning 25 dan ortiq mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kurash olib borgan qit’a birinchiligida yoshlar, U23 va kattalar toifalarida bellashuvlar o‘tkazildi. 

Unda velosportchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi. 

Qit’a birinchiligida qayd etilgan natijalar mamlakatimizda velosportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA