Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchilarimiz “Parij-2024” uchun imkoniyatlar maydonini kengaytirmoqda
16:44 / 2022-10-03

Keyingi yillarda mamlakatimiz velosportchilari xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etish bilan mazkur sport turining qamrab olinmagan yo‘nalishlarini ham zabt etmoqda.

Bunday deyishimizga sabab, shu paytgacha yurtimiz velosportchilari trek bo‘yicha jahon chempionatida ayollar o‘rtasida medison juftligi poygalarida qatnashmagan edi.

Kuni kecha O‘zbekiston velosport federatsiyasiga mamlakatimiz vakillari ushbu yo‘nalishdagi jahon chempionati bahslarida qatnashish uchun 8 ta kvotaga ega bo‘lganligi haqida xushxabar keldi.

Unga ko‘ra, yurtimiz velosport jamoasi joriy yil 12-16 oktyabr kunlari Fransiyada trek bo‘yicha o‘tadigan 112-jahon chempionatining ayollar o‘rtasidagi medison juftlik poygasida ilk bor qatnashadi.

Ta’kidlash lozim, 100 dan ziyod davlatning sportchilari ishtirok etadigan trek bo‘yicha Jahon chempionati bahslari qimmatli reyting ochkolarni taqdim etishi bilan ahamiyatli.

Yana ikki yildan so‘ng boshlanadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishda asosiy musobaqa bo‘lgan trek poygalarining medison juftligi poygalarida vakillarimiz 8 ta kvotaga ega bo‘lganligini nazarda tutsak, bu, velosportchilarimiz “Parij-2024” uchun salmoqli yo‘llanmalarga ega bo‘lishidan dalolat berayotgandek.

Eslatib o‘tamiz, velosportning trek yo‘nalishidagi reyting ochkolarini yig‘ish jarayoni joriy yil 9 iyulidan boshlangan bo‘lib, kelgusi yil apreligacha davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA