Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchilarimiz “Parij – 2024” reyting ochkosiga ega bo‘ldi
12:59 / 2023-05-28

Gonkongda velosport bo‘yicha “Parij – 2024” olimpiadasining reyting ochkolarini taqdim etadigan “Hong Kong International Track Cup” xalqaro musobaqasida yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Kecha xalqaro turnirning trek yo‘nalishida g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ldi.  

Terma jamoamiz a’zolari Margarita Misyurina hamda Yekaterina Knebelova juftligi shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hamyurtlarimiz medison dasturida Gonkong va koreyalik sportchilardan keyin uchinchi natijani qayd etib, Parij olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.  

T.RO‘ZIEV, O‘zA