Velosportchilarimiz Osiyo kubogini muvaffaqiyatli boshladi
Hindistonning Chennay shahri o‘zbekistonlik sportchilar uchun hamisha omadli maskan sanaladi.
Yurtimiz shaxmatchilari ushbu shaharda bundan 4 yil muqaddam o‘tkazilgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘oliblikni tantana qilgan bo‘lsa, kuni kecha velosportchilarimiz ham qit’a chempionatining ilk kunida muvaffaqiyatga erishdi.
Velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo kubogining dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 tadan otin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Qit’aning eng mahoratli velosportchilari bilan kechgan shiddatli bahslarda o‘z yo‘nalishlarida hamyurtimiz Nafosat Koziyeva oltin, Samira Ismoilova kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Musobaqalar davom etmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA