Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida porlamoqda
07:53 / 2026-02-10

Saudiya Arabistonida davom etayotgan shosse bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi medallar qo‘shildi.

Jumaladan, chempionat doirasida 45 yoshdan yuqori ishtirokchilar o‘rtasida “Women Masters” poygalarida professional faoliyatini yakunlagan va hozirda O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga ustozlik qilib kelayotgan Olga Zabelinskaya ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Olga dastlab 46,8 km. masofaga o‘tkazilgan individual poygada 01:22:25 natija bilan barcha raqiblarini ortda qoldirgan bo‘lsa, 15,8 km. masofadagi individual vaqt poygasida masofani 22 daqiqa 40 soniyada birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

Shuningdek, chempionatning yoshlar (qizlar) o‘rtasida o‘tkazilgan guruh poygasida hamyurtimiz Gulhayo Sattorova 01:48:29 natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va mamlakatimiz delegatsiyasi hisobiga  bronza medalni qo‘shdi.  

Ushbu dasturda ishtirok etgan Yekaterina Makarochkina oltinchi, Roksana Hikmatova va Nadejda Barteneyeva  11–12-o‘rinlarni band etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA