Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchilarimiz munosib taqdirlandi
17:07 / 2014-11-04

Poytaxtimizda Tailandning Bangkok shahrida velosport bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, 1 oltin, 3 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritgan sportchilarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 


Poytaxtimizda Tailandning Bangkok shahrida velosport bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, 1 oltin, 3 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritgan sportchilarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, velosport bo‘yicha murabbiylar va sportchilar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyatlar yoshlarimizning xalqaro miqyosdagi ulkan yutuqlari garovi bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi. 

Osiyo kubogining velotrek bahslarida tajribali sportchimiz Vladimir To‘ychiyev guruh poygalarida oltin, shaxsiy poygalarda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari ushbu musobaqada shaxsiy va guruh poygalarida qatnashgan Dilmurod Siddiqov bittadan kumush va bronza, Yekaterina Knebelyova ikkita bronza medal bilan taqdirlandi, qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Alla Bezuglova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Jamoaviy poygada Vladimir To‘ychiyev, Sergey Medvedev, Timur Gumirov va Ruslan Fyodorov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Marosimda velosportchilarimizning ushbu yuksak muvaffaqiyatlari e’tirof etilib, Osiyo kubogi g‘olib va sovrindorlari, ularning murabbiylariga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan sovg‘alar topshirildi. 

– Biz har doim Prezidentimiz Islom Karimovning e’tibor va g‘amxo‘rligi, xalqimiz mehrini his qilamiz, – deydi D.Siddiqov. –Mamlakatimizda sport bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bunday yuksak e’tiborga javoban navbatdagi xalqaro musobaqalarda bundanda yuqori natijalarga erishish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz.