Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchilarimiz mavsumni Malayziyadagi turnirdan boshlaydi
09:35 / 2026-01-06

Malayziyaning Nilay shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha “ASEAN TRACK SERIES (PRESIDENT CUP)” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Quvonarlisi, 7–11 yanvar kunlari oralig‘ida o‘tadigan ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Sergey Rostovsev, Vladislav Troman, Behzod Nurmatov va Danil Fyodorov kabi iqtidorli velosportchilarimiz o‘rin olgan erkaklar jamoasiga Yoxan Dornbush, tarkibida Asal Rizayeva hamda Nafosat Qo‘ziyeva bo‘lgan ayollar termamizga Olga Zabelinskaya boshchilik qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqa joriy yilning mart oyida Avstraliyaning Pert shahrida bo‘lib o‘tadigan trek bo‘yicha jahon kubogiga saralash bosqichi hisoblanadi.  

Shuningdek, jahon kubogi bosqichlarida jamg‘arilgan reyting ochkolari trek yo‘nalishi bo‘yicha oktyabr oyida Xitoyning Shanxay shahrida o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanma taqdim etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA