Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchilarimiz mamlakat chempionligi uchun raqobatlashdi
10:07 / 2024-05-15

Navoiy viloyatida uch kun davom etgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Musobaqaning so‘nggi kunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan 40 km. masofaga guruh poygasida Matvey Kazakov 1:09.30 natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Undan bor-yo‘g‘i 6 soniya ortda qolgan Kamron Shin finish chizig‘ini ikkinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Husan Anvarov esa ushbu poygada uchinchi bo‘ldi.  

Qizlar o‘rtasidagi 20 km. masofaga guruh poygasida Madina Anvarova 40 daqiqa 51 soniya natija qayd etib, mamlakat chempioniga aylangan bo‘lsa, Gulnora Sayfullayeva va Milana Yarovaya kuchli uchlikni yakunlab berdi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA