English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchilarimiz Malayziyada muvaffaqiyatga erishmoqda
10:12 / 2026-01-09

Shu kunlarda Malayziyaning Nilay shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan "ASEAN TRACK SERIES" musobaqasida milliy terma jamoa a’zolari munosib natijalarga erishmoqda.

Hamyurtlarimiz Malayziya turnirining "omnium" dasturida 1-o‘rinni egallagani ahamiyatli bo‘ldi.

Ortda qolgan bahslarda terma jamoamizga oltin medalni taqdim etgan Sergey Rostovsev bu safar ham o‘zini ko‘rsatdi. Velopoygachimiz "scratch" va "elemination" dasturlarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, yetakchilikka erishdi. Mazkur natija orqali Rostovsev uchta oltin medal sohibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Malayziyada o‘tayotgan turnir sportchilarimizga joriy yil mart oyida Avstraliyada trek bo‘yicha bo‘ladigan jahon kubogiga yo‘llanmalarni taqdim etishi bilan birga, xalqaro reyting ochkolarini beradi.

11 yanvarga qadar davom etadigan xalqaro turnirning ilk bosqichida 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan terma jamoamiz a’zolari ertadan ikkinchi bosqich bahslarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA