French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchilarimiz bugun Osiyo chempionatidagi yurishini boshlaydi
11:32 / 2026-02-05

Saudiya Arabistonining Al-Qosim viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi va unda velopoygachilar 11 fevral kuniga qadar bahslarda ishtirok etadigan bo‘ldi.

Qit’amizning turli mamlakatlaridan kelgan velosportchilar ishtirokida o‘tadigan mazkur chempionatning bugun, 5 fevral kungi dasturini shaxsiy taqib poygasi boshlab beradi. Unda ishtirokchilar 20 km. masofada raqobatlashadi. Quvonarlisi, Osiyo chempionatining ilk bahsida O‘zbekiston sharafini yoshlar o‘rtasida Artemiy Sherbakov, U23 ayollar orasida Asal Rizayeva hamda kattalar bo‘yicha o‘tadigan ayollar poygasida  Yanina Kuskova hamda Shahnoza Abdullayeva himoya qiladi.

Quyida Osiyo chempionatida ishtirok etadigan terma jamoamizning barcha a’zolari bilan tanishasiz:

U23 (qizlar): Asal Rizayeva, Samira Ismoilova, Anna Kuskova, Kseniya Li.

U23 (yigitlar): Farruh Bobosherov, Diyor Toxirov, Samandar Joniqulov, Begzod Bahodirov.

Yoshlar (qizlar): Roksana Hikmatova, Gulhayo Sattorova, Yekaterina Makarochkina, Nadejda Barteneyeva.

Yoshlar: Artemiy Sherbakov, Shoislom Shoakmalov, Chingiz Cho‘liyev, Fazliddin Ergashev.

Ayollar: Yanina Kuskova, Shahnoza Abdullayeva, Madina Qahhorova, Nafosat Koziyeva.

Erkaklar: Nikita Svetkov, Dmitriy Bocharov, Murod Xolmurodov, Sanjar Ergashev, Abdurahmon Ne’matov.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA