Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchilarimiz BAA va Qozog‘istonda sovrindor bo‘ldi
10:15 / 2024-02-09

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari BAA va Qozog‘istonda o‘tayotgan musobaqalarda ishtirok etmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida velosport bo‘yicha o‘tkazilayotgan "UCI Women's Tour" turnirining ilk kunida velosportchilar 122 km masofani bosib o‘tdi. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etayotgan “Tashkent City" klubi a’zosi Yanina Kuskova ilk bosqich yakuniga ko‘ra, "Eng yaxshi yosh poygachi" va "Eng faol poygachi" nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi. 

Qozog‘istonning Ostona shahrida velotrek bo‘yicha Qozog‘iston qishki ochiq chempionati musobaqasining ikkinchi kungi dasturida Samira Ismoilova yoshlar o‘rtasida 3 km masofaga o‘tkazilgan individual poygada bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Anastasiya Safonova ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida uchinchi o‘rinni egalladi.  

Vakillarimizning musobaqa doirasida qo‘lga kiritgan medallari soni 5 taga yetdi  – 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza.  

Musobaqaning bugungi dasturida velosportchilar skretch, sprint va guruh poygalarida ishtirok etadi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA