Velosportchilarimiz Avstraliyadagi poygalarda qatnashmoqda
Avstraliyaning Vullongong shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha davom etayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya 34.2 kilometr masofada ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik bahslarda 19-natijani qayd etdi.
Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi shaxsiy vaqt poygasi bo‘yicha kechgan poygalarda o‘zbekistonlik biron bir sportchi sovrinli o‘rinlarga yaqinlasha olmadi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, endi hamyurtlarimiz chempionatning guruh bahslarida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova 24 sentyabrda, Murodjon Xolmurodov esa 25 sentyabr kuni guruh poygasida medallar uchun kurash olib boradi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA