Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosportchilar mamlakat chempionatida raqobatlashmoqda
09:32 / 2024-03-28

Toshkent shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qizg‘in kurashlarga boy o‘tmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida yakkalik, jamoaviy sprint va jamoaviy poygalarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Yakkalik poygada erkaklar 4 km. masofada bellashdi. Unda Daniil Yevdokimov g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 3 km. masofada ayollar o‘rtasida Yevgeniya Golotina marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.  

Jamoaviy sprint bahslari 3 aylanada o‘tdi va unda Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 1- jamoasi erkaklar o‘rtasida, Toshkent shahri 3-jamoasi ayollar toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.  

Jamoaviy poygada Daniil Yevdokimov musobaqadagi ikkinchi oltin medaliga ega chiqdi. Ayollardan esa Yekaterina Knebeleva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.  

Chempionatning bugungi poygalari quyidagi dasturlar bo‘yicha o‘tkaziladi:  

Erkaklar va ayollar (Chiqarib yuborish guruh poygasi, final);  

Erkaklar va ayollar (200 metr masofaga git-sprint, saralash);  

Erkaklar (Medison juftlik guruh poygasi, final);  

Ayollar (Medison juftlik guruh poygasi, final);  

Erkaklar va ayollar (200 metr masofaga git-sprint, finallar).  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA