Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosport: O‘zbekiston Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
10:51 / 2026-02-15

Osiyo velosport konfederatsiyasi (ACC) boshqaruv kengashi yig‘ilishida trek bo‘yicha 2028-yili o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qilishi tasdiqlandi.

Anjumanda O‘zbekiston qit’a chempionati kabi yirik turnirlarni o‘zida bemalol qabul qila olishi, buning uchun kerakli infratuzilma va barcha sharoitlar borligi ta’kidlandi.

Musobaqani o‘tkazish uchun maxsus sertifikat O‘zbekiston velosport federatsiyasi bosh kotibi Xurshid Atakulovga topshirildi.

Olimpiya o‘yinlariga litsenzion reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur nufuzli turnir Toshkentda yangi bunyod etilgan “Olimpiya shaharchasi” hududidagi velodromda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA