Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosport: O‘zbekiston kubogi qizg‘in pallada
10:27 / 2023-10-19

Toshkent viloyatida velosport bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogining ikkinchi bosqichida shosse yo‘nalishi aralash guruh estafetasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Mazkur musobaqada ayollar va erkaklar guruhining har biri 20 kilometr masofaga raqobatlashdi. Unda Madina Qahhorova, Asal Rizayeva, Anna Kuskova, Daniil Fedorov, Farrux Bobosherov va Maksim Mingazitdinovdan tashkil topgan Toshkent shahri jamoasi marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Shuningdek, poygada Toshkent va Sirdaryo viloyatlari jamoalari ikkinchi hamda uchinchi pog‘onadan joy oldi.  

O‘zbekiston kubogining bugungi bahslarida “IRR” poygalari o‘tkaziladi. Unda erkaklar 120, ayollar esa 80 km masofaga raqobatlashadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri