Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosport: O‘zbekiston chempionatida irlandiyalik mutaxassis ishtirok etdi
10:42 / 2023-08-24

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan bahslarda o‘z guruhlarida Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Olga Zabelinskaya va Yanina Kuskova g‘oliblikka erishgan bo‘lsa, Murodjon Xolmurodov, Edem Eminov, Daniil Yevdokimov, Margarita Misyurina, Sofiya Karimova kabi velosportchilar sovrindorlar qatoridan joy oldi.  

Chempionatning o‘ziga xos jihati, poygalarni irlandiyalik xalqaro toifadagi hakam Kevin Uotson boshqarib bordi. Musobaqalar jarayonida o‘zbekistonlik mahalliy mutaxassislar xorijlik tajribali hakamdan velosportning texnik-taktik jihatlarini o‘rgandi, o‘z bilimlarini boyitib oldi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA