Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosport: “Olimpiya shaharchasi”da O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda
14:31 / 2026-02-27

Shu kunlarda poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” velotrek majmuasida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.

Bugun, 27-fevral kuni  chempionatning ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi.

Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 130 nafar sportchi ishtirok etayotgan chempionatning ochilish tantanalarida sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov dastlabki kungi bahslarda g‘olib va sovrindorlikka erishganlarni taqdirladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA