Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosport: Nafosat va Samira Osiyo kubogi shohsupasiga ko‘tarildi
11:05 / 2026-01-30

Hindistonning Chennay shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha “Track Asia Cup I CHENNAI” musobaqasi davom etmoqda.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi o‘z tarkibida Samandar Rajabboyev, Amir Toshboyev, Vladislav Troman, Begzod Nurmatov, Danil Fyodorov, Nafosat Koziyeva va Samira Ismoilova kabi mahoratli velosportchilar bilan birga ishtirok etmoqda.

Quvonarlisi, musobaqaning ilk kunida ayollar o‘rtasidagi bahslar dasturidan o‘rin olgan “Elimination” poygasida Nafosat Koziyeva barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchi o‘rinni egalladi. Samira Ismoilova esa ushbu yo‘nalishda uchinchi natijani qayd etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA