Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosport: Margarita Misyurina ikkinchi bosqichda g‘alaba qozondi
16:19 / 2023-05-12

“Oqtosh-Chorvoq Mountain” ko‘pkunlik musobaqasining yana bir kuni ortda qoldi. Ayollar 130 kilometr, erkaklar 170 kilometr masofada guruh poygasi yo‘nalishida o‘zaro bahslashdi.

Ahamiyatlisi, ayollar o‘rtasida kechgan qiziqarli poygada hamyurtimiz Margarita Misyurina marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Yurtdoshimizdan 1 soniya keyin finishga kelgan qozog‘istonlik Rinata Sultonova ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Sofiya Karimova kuchli uchlikni yakunlab berdi.  

Eslatib o‘tamiz, turnirning 1-bosqichida sportchilar sprinterlik mahoratini ko‘rsatib, 9,5 kilometrga shaxsiy vaqt bo‘yicha bellashgan edi. Unda ham erkaklar, ham ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari oltin medalga sazovor bo‘lgan.  

A.Musayev, O‘zA