Xursand Sherov bir necha yillardan beri velosipedda uzoq davom etadigan sayohatlarga chiqib, elga tanilgan hamyurtlarimizdan.
Joriy yilning 1 iyun kuni O‘zbekiston-Qozog‘iston-Rossiya-Mo‘g‘uliston davlatlari bo‘ylab sayohatini boshlagan X. Sherov 10 ming kilometrdan ortiq yo‘l bosib, 7 oktyabr kuni o‘z uyiga qaytdi.
[gallery-20090]
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida mazkur safar taassurotlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘minjonov, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi soha faxriylari, Xursand Sherovning yaqinlari va yosh velosipedchilar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar faxriy velosportchining jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, bunday tashabbus yoshlar uchun o‘rnak va motivatsiya bo‘lishini ta’kidladilar. O‘z navbatida Xursand Sherov kelgusida yangi manzillar bo‘yicha bundan ham yirik safarlarni amalga oshirish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA