English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velosipedda yuruvchilar uchun alohida veloyo‘laklar foydalanishga topshirilmoqda
19:55 / 2021-04-09

Xalqimizda safarga otlangan kishi uchun “Yo‘ling oydin bo‘lsin”, yoki “Oq yo‘l” deb tilak bildirilishi bejizga emas. Zero inson har qanday orzu-niyatiga yo‘llar orqaligina yetishadi.

Samarmaqand viloyati Paxtachi tumanida markaziy va ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Qariyb 30-40 yillab ta’mirlanmagan ko‘chalar ham asfaltlanib, piyodayu avtoulovlar joniga rohat kirgani yolg‘on emas.

Samarali ishlarning davomi sifatida tumandagi M-37 avtomobil yo‘lidan tuman markazi-Ziyovuddin shaharchasiga kirish va chiqish yo‘llari hisoblangan Mustaqillik va Amir Temur ko‘chasi hamda shaharcha markazidagi Istiqlol, Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari bo‘ylab YTHning oldini olish maqsadida yo‘l chiziqlarini yangilash ishlari boshlandi.

Yo‘l harakati ishtirokchilari uchun yanada qulaylik va shart-sharoitlar yaratishni rejalashtirgan tuman hokimligi, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi, IIB YHXB xodimlari va boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur vazifaning birinchi kuni 8 kilometrlik masofaga yo‘l chiziqlari tortish bilan yakunlandi.

Bundan tashqari, aholi xavfsizligi yo‘lida yana bir xayrli ishga qo‘l urilib, Ziyovuddin shaharchasi bo‘ylab eni 1 metr kenglikda bo‘lgan velosiped haydovchilar uchun maxsus yo‘laklar tashkil etilmoqda.