Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Veloshosse bo‘yicha O‘zbekiston kubogida yangi nomlar saralanmoqda
11:14 / 2024-09-19

Xorazm viloyatining Urganch shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida velosportchilar individual vaqt dasturida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Aniqroq ma’lumot beradigan bo‘lsak, yoshlar toifasidagi yigitlar poygasi 27,6 km. masofada o‘tkazildi va unda Alimardon Jamoliddinov marraga 37 daqiqa 45 soniyada birinchi bo‘lib yetib keldi. Artur Strelsov va Ozodbek Shokirov esa ushbu yo‘nalishda 2-3-o‘rinlardan joy oldi.

Individual vaqt dasturida qizlar 13,8 km. masofada bahslarga kirdi. Unda kuchli uchlikdan Viktoriya Polzunova, Muxlisa Ashurova hamda Sabrina Altinbekova o‘rin egalladi.

O‘smirlar toifasida o‘g‘il va qiz bolalar 13,8 km. masofada o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Mazkur bahslarda Chingiz Cho‘liyev oltin medal sohibiga aylangan bo‘lsa, Ilyos O‘rozboyev kumush, Izzat Otamuratov esa bronza medali bilan taqdirlandi.

Qizlar orasida Madina Abdusattorova belgilangan masofani 22 daqiqa 40 soniyada bosib o‘tdi hamda musobaqa g‘olibiga aylandi. Shuningdek, Madina Anvarova 22 daqiqa 58 soniya bilan ikkinchi bo‘ldi. Roksana Hikmatova esa 22 daqiqa 59 soniya bilan finishga uchinchi bo‘lib keldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA