Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velopoygachilarimiz Eron turnirida umumjamoada 1-o‘rinni egalladi
11:30 / 2023-05-22

Eronda velopoyga bo‘yicha o‘tkazilgan “Tour of Marand” xalqaro ko‘p kunlik musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

To‘rt bosqichda o‘tgan bahslarning uchta bosqichida Nikita Svetkov g‘oliblikni tantana qilgan bo‘lsa, Diyor Tohirov sovrindor bo‘ldi. Turnirning to‘rtinchi bosqichidagi jamoaviy bahslarda yurtimiz terma jamoasi a’zolari kuchli o‘nlikdan joy oldi.  

“Tour of Marand” turnirida Nikita Svetkovning oltin, Diyor Tohirovning kumush medali hamda terma jamoamiz a’zolarining kuchli o‘nlikdan joy olishi umumjamoada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi xalqaro musobaqani 1-o‘rinda yakunlashini ta’minladi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA