Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velomarafonda mingdan ziyod havaskor velopoygachi ishtirok etdi
11:31 / 2017-09-13

“Yoshlar-tur” velomarafoni musobaqalarining Sirdaryo viloyati bosqichida mingdan ziyod havaskor velopoygachi ishtirok etdi.

“Yoshlar-tur” velomarafoni musobaqalarining Sirdaryo viloyati bosqichida mingdan ziyod havaskor velopoygachi ishtirok etdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan velomarafon bolalar, o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ushbu sport turini yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.

Musobaqa avvalida mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tarbiyalanuvchilarining karting va mototsiklda ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

9-14 yoshlilar o‘rtasida Samandar Joniqulov hamda Diana Demyanenko, 15-17 yoshlilar o‘rtasida Aziz Taniyev va Oysapar G‘aniyeva, 18-30 yoshlilar bahsida Dilshod Hotamov va Dilshoda Ne’matova g‘olib chiqib, velomarafonning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, “Eng yosh poygachi”, “Eng tajribali poygachi”, “Eng irodali poygachi", “Eng mahoratli texnik poygachi”, “Eng mahoratli velopoygachi qiz” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandi.