Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Velomarafon “Ziyorat turizmi”ga aylandi
11:59 / 2021-05-03

Buxoro davlat universiteti rahbariyati tashabbusi bilan “Ziyorat velomarafoni” o‘tkazildi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, fakultet dekanlari, ishchi-xodimlar, talabalar qatnashdi.

Velomarafon o‘zaro madaniy-sport aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga aylantirish maqsadida tashkil etildi. Marafon erta tongda universitetdan boshlanib, Yetti pir silsilalari Hazrat Bahouddin Naqshband hamda Sayyid Mir Kulol ziyoratgohlarigacha bo‘lgan masofada o‘tkazildi.  

– Biz, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish haqida ko‘p gapiramiz, – deydi universitet rektori Obidjon Hamidov. – Bu bo‘yicha ko‘plab tadbirlarni amalga oshiryapmiz. Ammo ko‘p hollarda katta avlod vakillari, ayniqsa, universitet olimlarining o‘zi qanchalik jismoniy harakatchan ekanligiga, ular o‘rtasida sportni ommalashtirishga ahamiyat qaratmaymiz. Bugun tashkil etilgan velomarafon ayni shu maqsad yo‘lidagi navbatdagi qadamimiz bo‘ldi. Qolaversa, velomarafon ziyoratga ulandi. Ulug‘ avliyolar manzillarida bo‘lib, ruhimiz tetiklashdi. Bunday tadbirlarni kelgusida muntazam o‘tkazib boramiz.

Zarif Komilov, O‘zA