Toshkent viloyatida velo-shosse bo‘yicha erkaklar, ayollar va 2003 – 2004 yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasida yakkalik va guruh poygalari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati qizg‘in davom etmoqda.
Velo poyga musobaqasining birinchi kunida erkaklar va o‘g‘il bolalar 28 kilometr, ayollar va o‘smirlar esa 14 kilometr masofani bosib o‘tgan bo‘lsa bugun ikkinchi kuni o‘smirlar va ayollar guruh poygalarida ishtirok etdi.
Bunda yosh velo sportchilarni 80 kilometr, ayollarni esa 110 kilometr masofani bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. E’tiborlisi, unda sportchilardan tashqari, paralimpiyachilar va faxriylar ham ishtirok etdi.
Natijalarga ko‘ra, paralimpiyachilar 6 kilometr masofani bosib o‘tdi. Birinchi uchlik orasida Abdullayev Azimbek — 9:16, Xaitmuhammedov Bunyod — 10:48, Po‘latov Jamoliddin — 11:54 natija bilan g‘alaba qozondi.
Faxriylar va yoshlar 12 km masofani bosib o‘tdi. Bu toifadagi eng yaxshi uchlik:
Faxriylar:
1. Abdullayev Ilxom (18:59)
2. Kubayev Rustam (20:22)
3. Kutin Oleg (20:41)
Yoshlar:
1. Rizayeva Asal (17:06)
2. Kuskova Anna (17:09)
3. Misyurina Margarita (17:40)
Yoshlar va ayollar oldida biroz qiyinroq vazifa - 18 km. Ular orasida eng yaxshisi ko‘rsatkich quyidagicha:
Yoshlar:
1. Sultonov Samandar (23:37)
2. Zaribov Davlater (24:02)
3. Tuychiyev Abdulhamid (24:14)
Ayollar:
1. Kuskova Yanina (24:11)
2. Kulikova Anna (26:05)
3. Golotina Evgeniya (26:54)
Erkaklar orasidagi masofa 32 km edi.
1. Xalmuratov Murodjon (39:39)
2. Aleksey Fomovskiy (40:39)
3. Rahimboyev Begzod (41:25)
A.Musayev,O‘zA