Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporatsiyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi
15:34 / 2021-03-17

Hukumatimiz delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov “VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporatsiyasi raisi Igor Shuvalov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda hamkorlikning dolzarb masalalari va yaqin kelajakda munosabatlarni kengaytirish rejalari muhokama qilindi.

Avval kelishilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning joriy holati va aloqalarni jadallashtirish bo‘yicha navbatdagi qadamlar xususida fikr yuritildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati va farmatsevtika sohalarida yangi istiqbolli sanoat kooperatsiyasi loyihalarini o‘rganish orqali investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish lozimligi ma’qullandi.

Korporatsiya rahbari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Loyiha ofisi” faoliyati doirasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha shakllangan yangi loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston – Rossiya iqtisodiy hamkorligini ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish hamda Rossiya investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish uchun ulkan salohiyatga ega bo‘lgan eng istiqbolli sohalarda yangi takliflar ishlab chiqish yuzasidan birgalikda ish olib borishni davom ettirishga kelishib oldilar.