Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazirning shaxsiy qabulida qanday muammolar ko‘tarildi?
14:55 / 2022-04-14

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, tadbirkorlar hamda yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolarni hal qilish hamda yangi istiqbolli g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, vazir  O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Dorivor o‘simliklar genetikasi va biotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri D.Jabborova, Toshkent davlat texnika universiteti, Umumiy kimyo kafedrasi mudiri G.Ixtiyorova va xususiy tadbirkor I.Bachurina bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolarni tinglab, mazkur muammolarni hal etish bo‘yicha vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlarga ko‘rsatmalar berdi. 

Shuningdek, qabulda fuqarolar o‘zini qiynayotgan masalalar bo‘yicha Innovatsion rivojlanish vaziriga murojaat qildi. Murojaatlar asosan loyiha tanlovlarda ishtirok etish va loyihani moliyalashtirish masalasi, o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida vazirlik bilan hamkorlik o‘rnatish va boshqa masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi.   

Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan ayrim murojaatlarga zarur huquqiy tushuncha va tavsiyalar berilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatilib, vazirlik tomonidan nazoratga olindi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA