French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazirning Saudiya Arabistoni va Yaponiyaga qilgan tashrifi qay darajada samarali bo‘ldi?
16:04 / 2022-04-27

O‘zA KUZATUVI: O‘zbekiston amaldorlari qanday ishlar bilan shug‘ullanmoqda?

El orasida «Amaldorlar nima ish bilan shug‘ullanadi, xalqqa nima nafi tegyapti?» degan turli qarashlar yurishi sir emas. Ammo bugun mas’ul vazifada ishlovchi shaxslarni qanday faoliyat yuritayotganini ko‘rib, kuzatish imkoniyati bor.

bugungi kuzatuvimiz mehmoni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umrzoqov. Vazir bu hafta davomida O‘zbekiston manfaatiga doir nima ish qildi-yu, natijalar qanday? 

Joriy yilning 18 aprel kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umrzoqov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan uchrashdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holatini va uni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Bundan tashqari, S.Umrzoqov Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan bilan uchrashib, saudiyalik investor tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan energetik loyihalarning hozirgi holati, ularni kengaytirish imkoniyatlari, shuningdek, kompaniyaning O‘zbekistondagi investitsiya portfelini yiriklashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, 19 aprel kuni Ar-Riyod shahrida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Saudiya Arabistonining SABIC neft-kimyo korporatsiyasining shtab-kvartirasiga tashrif buyurib, uning bosh ijrochi direktori Yusef Abdulloh al-Benyan bilan uchrashdi.

21 aprel kuni vazir S.Umrzoqov Tokio shahrida Yaponiya Liberal – demokratik partiyasi vitse-prezidenti va «O‘zbekiston – Yaponiya» parlamentlararo Do‘stlik ligasi rahbari Taro Aso bilan uchrashdi.

T.Aso Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan O‘zbekistonga 350 mln. dollargacha bo‘lgan miqdoridagi byudjet yordamining uchinchi bosqichi taqdim etilishida ko‘maklashishini, O‘zbekistonning «Termiz-Mozori-Sharif- Kobul-Peshavor» trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini olqishladi.

Shuningdek, o‘tgan hafta vazir S.Umrzoqov Tokio shahrida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi bilan uchrashdi.

S.Umrzoqov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Prezidenti Akixiko Tanaka bilan uchrashdi va u bilan qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishini va istiqboldagi rejalarni muhokama qildi.

Tashrif chog‘ida vazir Tokio shahrida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Tadashi Maeda bilan ham uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida bankning investitsiya portfelini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, S.Umrzoqov va Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Koichi Xagiuda o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv kun tartibida investitsiyalar, sanoat va o‘zaro savdo sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari bo‘ldi.

22 aprel kuni videokonferensiya tarzida «Markaziy Osiyo – Rossiya» 5-Vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Rossiya hukumatlari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umrzoqov qatnashdi.

23 aprel kuni esa Yaponiyaning Kumamoto shahrida Osiyo-Tinch okeani suv forumining eng yirik anjumani bo‘lgan Osiyo-Tinch okeani suv sammiti o‘z ishini boshladi.

Sammitda Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 49 mamlakatidan Davlat rahbarlari, hukumat rahbarlari, tegishli vazirlik rahbarlari, xususiy sektor va xalqaro jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Kumamoto shahrida bo‘lib o‘tayotgan 4-Osiyo- Tinch okeani suv sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umrzoqov Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan ko‘pqirrali O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining bugungi holati, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va uzoq muddatli istiqbolda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Bir so‘z bilan aytganda, vazirning Saudiya Arabistoni va Yaponiya davlatiga bo‘lgan tashrifi davlatlar o‘rtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. 

 

Shahnoza MAMATUROPOVA, O‘zA