Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazirlik va idoralar rahbarlari qaysi turdagi vaksina bilan emlangan?
22:40 / 2021-08-18

Mamlakatimizda pandemiyani bartaraf etish maqsadida aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash jarayonlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ayni paytgacha (17 avgust holatiga ko‘ra), 12million 390ming 770 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, 8 million 728ming 529 nafar fuqaro vaksinaning birinchi bosqichini qabul qilgan. Ikkinchi bosqichda emlanganlar 2million 688ming 219 nafarni, uchinchi bosqich emlanganlar esa 974ming 22 nafarni tashkil qilmoqda.

Ko‘pchilikni vazirlik va idoralar rahbarlari qaysi turdagi vaksina bilan emlangani qiziqtirmoqda. Ana shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika sohalari rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini sarhisob qildi. Unga ko‘ra,

"ZF-UZ-VAC2001" vaksinasi bilan:

Bosh vazir Abdulla Aripov,

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev,

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov,

Transport vaziri Ilhom Mahkamov,

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov,

Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b Tursunxon Xudaybergenov,

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev,

Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev,

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshlig‘i Sardor Kariyev,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev,

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Olimov,

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori Botir Daminov,

Samarqad davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev;

"SPUTNIK V" vaksinasi bilan:

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov,

Moliya vaziri Timur Ishmetov,

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev,

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin,

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev,

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov;

"Moderna" vaksinasi bilan:

Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzoqov,

Qurilish vaziri Botir Zakirov emlangan.

Shuningdek, quyida ism-shariflari keltirilgan amaldorlar ham mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tgan vaksinalarning biri bilan emlangan bo‘lib, qaysi vaksinani qabul qilgani ochiqlanmagan.

Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov,

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov,

Adliya vaziri Ruslan Davletov,

Mudofa vaziri Bahodir Qurbanov,

Energetika vaziri Alisher Sultonov,

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov,

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov.

 

O‘zA