Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazirlik mutasaddisi gaz va “svet”ga qo‘yilgan “ijtimoy me’yor”ni izohlashga harakat qildi (+video)
18:27 / 2022-06-10

Joriy yilning 1 iyulidan O‘zbekiston bo‘ylab aholining gaz va elektr energiyasi iste’moliga “ijtimoiy me’yor” joriy etilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.

Ayni damda ushbu qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun (Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz https://regulation.gov.uz/uz/d/61845) joylashtirilgan.

O‘zA ushbu mavzu yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi bilan suhbatda bo‘ldi. Suhbat davomida muhokama etilayotgan qaror loyihasi mazmuniga kengroq to‘xtalib o‘tildi va uni ishlab chiqishda hisobga olingan jihatlar, aholi real daromadi va uning xarid qilish qobiliyati yuzasidan so‘z yuritildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mCZUKEz6IcM" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yoqubov (video), O‘zA