Vazirlik faoliyatiga oid koʻtarilgan savol va murojaatlarga javob qaytarildi
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.
Unda karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan vazirlik faoliyatiga oid koʻtarilgan savol va murojaatlarga javob qaytarildi:
1-SAVOL: “Men tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqdaman. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim transport vositalari uchun utilizatsiya yigʻimi boʻyicha imtiyozlar belgilanganligi haqida eshitib qoldim. Shu toʻgʻrisida maʼlumot bersangiz”.

JAVOB: — Haqiqatdan, joriy yilning 29-oktyabr kuni “Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2022-yil 31-dekabrgacha quyidagilarga utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllanilishi belgilandi. Xususan:
ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan yuk tashish uchun moʻljallangan shatakchi avtomobillar, shuningdek, 5 yildan oshmagan tirkamalar va yarim tirkamalar;
yuk tashish uchun moʻljallangan yangi transport vositalari hamda maxsus moʻljallangan yangi transport vositalari;
Ishlab chiqarilganligiga 4 yildan oshmagan haydovchi bilan birga 10 va undan ortiq yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan transport vositalari.
Shuningdek. endilikda davlatlararo, hukumatlararo, xalqaro tashkilotlar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida olib kiriladigan transport vositalariga ham utilizatsiya yigʻimi undirilmaydi.
2-SAVOL. “Men maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlayman, maktab maʼmuriyati tomonidan malaka oshirishga yuborishayapti. Malaka oshirishga ketgan vaqtimda menga ish haqi toʻlanadimi?”
JAVOB: — Ha, albatta, bu davrda Sizga ish haqi toʻlanadi. Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, maktab oʻqituvchilari malaka oshirishga yuborilganda oʻqishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi boʻyicha egallagan lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi, ularning oʻquv yuklamasi esa boshqa aʼzolar oʻrtasida taqsimlanadi.
3-SAVOL. “Karantin qoidalarini buzganlik uchun davlat sanitariya nazorat organlaridan tashqari ichki ishlar organlari ham maʼmuriy jarima qoʻllashga haqlimi?”
JAVOB: Ha, ichki ishlar organlari ham bu haqli. Joriy yilning 26-oktyabr kuni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham koʻrib chiqilishi mumkin.
Bunda, ichki ishlar organlari ushbu toifadagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda maʼmuriy jazoni qoʻllashga faqat tegishli hududlarda yoki obyektlarda karantin joriy etilgan taqdirda, haqlidir.
4-SAVOL. “Men hozirda harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilganman. Harbiy xizmatga oʻtishimdan avval ishlagan ish joyimga qaytishim mumkinmi? Shu haqida maʼlumot bersangiz”
JAVOB: — Mehnat kodeksining 68-moddasiga koʻra, harbiy xizmatga chaqirilgan xodim rezervga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqanidan keyin, basharti, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan boʻshatilgan kunidan boshlab uzogʻi bilan 3 oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan boʻlsa, avvalgi ish joyida ishga joylashish huquqiga egadir.
Agar, muayyan sabablarga koʻra xodimlarni avvalgi ishiga joylashishi mumkin boʻlmagan taqdirda, mahalliy mehnat organi ishga joylashtirishni, zarur hollarda esa, kasbi boʻyicha bepul oʻqitishni taʼminlaydi.

5-SAVOL. “Men hozirda talabaman. Kelgusida institutda oʻqigan davrim ham ish stajiga qoʻshiladimi?”
JAVOB: — Fuqarolarning oliy taʼlim muassasalarida, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish davri, shu jumladan chet elda oʻqish davri pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Mazkur davrlar fuqarolarning umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirda ish stajiga qoʻshiladi.
Shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar stajiga esa ushbu davrlar umumiy ish staji muddatidan qatʼi nazar, qoʻshiladi.

6-SAVOL. “Men maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlayman. Oʻquv muassasamiz rahbariyati tomonidan tez kunlarda tibbiy koʻrikdan oʻtishimiz haqida aytishdi. Ushbu tibbiy koʻriklar uchun pul toʻlanadimi? Shuningdek, tibbiy koʻrikdan oʻtgan kunimiz uchun ish haqi hisoblanadimi? Shu haqda maʼlumot bersangiz”.
JAVOB: — Mehnat kodeksiga muvofiq, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan umumtaʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart.
Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
Tibbiy koʻrikdan oʻtish munosabati bilan xodimdan pul undirilmaydi, shuningdek tibbiy koʻriklarni oʻtkazish vaqtida xodimning ish joyi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

7-SAVOL: “Mening bir tanishim oilaviy sirlarimni qasddan tarqatmoqda. Ushbu holatda nima qilishim lozim? Bu kabi harakatlar uchun javobgarlik mavjudmi?”
JAVOB: Shaxsning oilaviy sirini uning roziligisiz qonunga xilof ravishda tarqatgan shaxsga nisbatan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yigʻish yoki tarqatish, 8 mln 920 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu harakatlari uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxs yana shunday harakatni amalga oshirsa, Jinoyat kodeksiga muvofiq 22 mln. 300 ming soʻmgacha jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Siz bunday holatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin.

8-SAVOL. “Men xususiy korxona rahbariman. Xodimlarimning bir guruhini xizmat safariga yubormoqchi edim. Poyezdda jamoaviy chiptalar boʻyicha chegirma mavjudmi?”
JAVOB: — Ha, albatta, poyezdda 10 va undan ortiq odamlar sonidan iborat tashkil qilingan guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta boʻyicha quyidagi miqdorda chegirmalar taqdim qilinadi:
harakat yoʻnalishining umumiy masofasi 2000 km.gacha boʻlganda:
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 10 foiz;
guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 15 foiz;
harakat yoʻnalishining umumiy masofasi 2000 km.dan ortiq boʻlganda:
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 20 foiz;
guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 30 foiz.

9-SAVOL. “Men oʻtgan oyda pensiyaga chiqdim. Tanishlarim endi uyim uchun mol-mulk soligʻini toʻlamasligim mumkinligi haqida aytishmoqda. Shu toʻgʻrimi?”
JAVOB: — Soliq kodeksining 421-moddasiga koʻra,pensionerlar oʻzlarining mulkida boʻlgan mol-mulkning oltmish kvadrat metriga mol-mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
10-SAVOL. “Qurilishi tugallanmagan turar joyni sotmoqchiman. Buning uchun notariusga qanday hujjatlarni taqdim qilishim kerak?”
JAVOB: — Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 45-bandiga koʻra, qurib bitkazilmagan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
kadastr maʼlumotnomasi;
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan (Reyestr) koʻchirma yoki guvohnoma;
qurilishi tugallanmagan obyektga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida Reyestrdan koʻchirma.
Bunda, kadastr maʼlumotnomasi va davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan avtomatik tarzda olinadi.

11-SAVOL. “Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib bitimlarni notarial tasdiqlashi mumkinmi?”
JAVOB: — Ha, albatta mumkin. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferens-aloqa rejimida bitimlarni notarial tasdiqlashi mumkin.
Bunday hollarda bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida taraflar notariuslar huzurida boʻlishi shart.
Mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimlarni tasdiqlash mumkin. Bu kabi bitimlarni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Bitimni notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi.