English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazirlik “CMEC” kompaniyasini tender savdolarida qatnashishga taklif etdi
18:47 / 2020-01-21

Uchrashuv yakunida oʻzbek tomoni Xitoy kompaniyasini energetika va neft-gaz sanoatida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tender savdolarida qatnashishga taklif etdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Xitoyning “China Machinery Engineering Corporation” (CMEC) kompaniyasi prezidenti Fan Yanshui rahbarligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi, deb xabar berdi matbuot xizmati.

Unda investitsiya loyihalarini amalga oshirish va Xitoy kompaniyasining issiqlik elektr stansiyalari, quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishi boʻyicha istiqbolli loyihalarda ishtiroki, shuningdek, neft-gaz va energetika uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida oʻzbek tomoni Xitoy kompaniyasini energetika va neft-gaz sanoatida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tender savdolarida qatnashishga taklif etdi.

Maʼlumot oʻrnida, “CMEC” Xitoyning eng yirik muhandislik-savdo kompaniyalaridan biri boʻlib, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasida energiya obyektlarini qurishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda “CMEC” dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida faoliyat koʻrsatmoqda.