Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlov amalga oshirildi
Hukumatning tegishli qarori bilan ( 2 avgust, 2022 yil. № 423) Jamolbek Umidovich Eshniyozov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari (investitsiya va eksport masalalari) etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan Ulugbek Narmatovich Djavliyev ushbu lavozimdan ozod qilindi.
O‘zA