English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazirlar Mahkamasida tayinlovlar amalga oshirildi
19:00 / 2022-04-29

Hukumat qarori bilan (225-son, 29.04.2022 y.) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari lavozimlarga tayinlandi.

Sarvar G‘aniyevich Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi. U shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Nodir Muxtorovich Dusmatov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi. U shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi mudiri lavozimidan ozod qilindi.

O‘zA