Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vaziri ta’lim sohasida borayotgan islohotlar bilan tanishdi
12:44 / 2025-04-09

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Xorazm viloyatida bo‘lib, soha mas’ullari hamda pedagoglar bilan uchrashdi.

Hududdagi ta’lim muassasalari rahbarlari bilan bo‘lgan ochiq muloqotda davlatimiz tomonidan pedagoglar obro‘sini yanada oshirish hamda iste’dodli yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sohaga doir qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Tanqidiy ruhda kechgan yig‘ilishda ta’lim maskanlari rahbarlarining ushbu hujjatlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda dolzarbligini to‘la anglab yetishi hamda ularni o‘z kasbiy faoliyatida to‘la qo‘llay olishi zarurligi ta’kidlandi.

Xususan, Prezidentimizning joriy yil 25 martdagi tegishli farmoni bilan nufuzli xalqaro fan olimpiada g‘oliblarining pul mukofotlari 5 karra oshirilganligi, oltin medal olgan olimpiada g‘olibining mukofot puli qariyb 1 mlrd so‘mga yetkazilganligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv davomida viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrov ko‘rsatkichlari, maktabgacha tayyorlov sinflarini tashkil etish, bog‘cha va maktablarning moddiy- texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha ham muhokamalar olib borildi va mas’ullarga topshiriqlar berildi.  

Shundan so‘ng maktabgacha va maktab ta’limi vaziri viloyatdagi davlat dasturi asosida kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgan maktablar bilan tanishdi.  

Vazir Xorazm viloyat "Barkamol avlod" markazida ham bo‘ldi. Markaz iste’dodli yoshlarining chiqishlari, qo‘l mehnati namunalari ko‘rgazmasi mehmonlarga ijobiy kayfiyat bag‘ishladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bu yerda bolalarga yaratilayotgan sharoitlar va to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishib, taklif va tavsiyalarini bildirdi.  

Yig‘ilishda pedagoglarning joriy yilgi attestatsiya sinovlaridagi ishtiroki hamda fan sertifikatlarini qo‘lga kiritish, maktabgacha ta’lim qamrovini yanada oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash, yangi baholash tizimini joriy etishga doir masalalar ham tilga olib o‘tildi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari