Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir xodimlarining farzandlariga maktub yubordi
12:53 / 2020-03-25

Bugungi kunda yoshlar – oʻquvchilar, talabalar uylarida qolib, kitob oʻqish, oʻz ustida ishlash, rasm chizish, musiqa bilan shugʻullanish, hayotda oʻz oldiga qoʻygan maqsad va niyatlarini tahlil qilish kabi ishlar bilan shugʻullanishlariga, ota-onalar farzandlari bilan yaqindan muloqot qilishlari imkoniyat tugʻildi.

Bugungi kunda yoshlar – oʻquvchilar, talabalar uylarida qolib, kitob oʻqish, oʻz ustida ishlash, rasm chizish, musiqa bilan shugʻullanish, hayotda oʻz oldiga qoʻygan maqsad va niyatlarini tahlil qilish kabi ishlar bilan shugʻullanishlariga, ota-onalar farzandlari bilan yaqindan muloqot qilishlari imkoniyat tugʻildi.

Internet davrida masofaviy taʼlim olish, televideniye orqali namoyish etilayotgan darslarni tomosha qilish albatta shart va lozim. Shu bilan bir qatorda yozma nutqni rivojlantirish bilim olishdagi muhim qadamlardan biridir. Aynan yozayotganda insonning diqqati bir joyga toʻplanadi, xotirasi mustahkamlanadi, miya faoliyati aktivlashadi. Uzoq yillar davomida aynan xat almashinuvi eng keng tarqalgan aloqa vositasi boʻlgan. Maktub bitish ham bir sanʼat turiga aylangan, ziyoli odamning chiroyli xat bita olishi oddiy holat sanalgan.

photo_2020-03-25_11-55-33.jpg

Innovatsion rivojlanish vazirligi ming yillar davomida shakllanib kelgan xat yozish anʼanasini aynan shu kunlarda – koronavirus tufayli koʻpchilik uyidan chiqmaslikka majbur boʻlgan kunlari tiklashga jazm etdi. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov vazirlik xodimlarining 7 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan farzandlariga maktub yoʻlladi. Oʻquvchi va talaba yoshlar xatlarni hayrat va quvonch bilan qabul qildilar. Axir har kun ham vazirdan xat kelavermaydi-da!

“Men ham bir paytlari sizga oʻxshab dars qilardim, jurnallar, kitoblar oʻqirdim. Biologiya fanini yaxshi koʻrganim uchun katta sinflarda biologiya boʻyicha avval maktab, keyin tuman, viloyat, respublika olimpiadalarida qatnashganman va gʻolib boʻlganman. Institutga kirganimdan keyin “Umid” jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻqiganman. U yerda oʻsimliklar genetikasi boʻyicha bilimlarimni oshirib, hali dunyoda boʻlmagan – gen-nokaut usuli bilan uzun, ingichka tolali paxta navini yaratganman. Mana shu ixtirom jahon ilmiy hamjamiyati tomonidan iliq kutib olingani bois Jahon Fanlar akademiyasi akademigi degan yuksak unvonga ham muyassar boʻlganman.

Muvaffaqiyatga erishishning yoʻli qanday bilasizmi? Oldingizga maqsad qoʻying! Men uni albatta uddalayman, deng! Bunga ishoning! Va siz, albatta, uddalaysiz! Negaki, sizning tomirlaringizda Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy kabi buyuk ajdodlarimizning qoni oqadi. Siz dunyodagi eng iqtidorli, insonparvar va mehnatkash xalq farzandisiz. Mana shu xalqni yana-da buyuk boʻlishi uchun, yurtimiz boy, aholimiz toʻkin yashashi uchun hissa qoʻshish maqsadida oʻz ustingizda tinimsiz mehnat qilishingiz kerak. Sizning bugungi kundagi eng katta ishingiz bu – oʻqish. Unutmang, kelajakni aqlli, bilimli odamlar quradi“, deb yozilgan maktublardan birida.

Maktubni oʻqib chiqib, yoshlar endi vazirga javob yozmoqdalar. Ilk javob xatlari vazirlikka yetib ham keldi. Qizigʻi, xatga ayrim bolalar ingliz tilida ham javoblar qaytarishgan. Vazir va bolalar oʻrtasidagi muloqot yoshlarni ilm-fanga, yangi texnologiyalarga qiziqishini oshirish bilan bir qatorda, ularning xat yozish odobi, tartib-qoidalarini oʻrganishiga, fikrlarini yozma bayon qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga olib keladi.