Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir ta’lim maskanlarining qoniqarsiz faoliyatini, kadrlar qo‘nimsizligini tanqid qildi
07:46 / 2022-06-01

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida professional ta’lim tizimida malakali mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, vazirlik mas’ullari hamda hududiy Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarma boshliqlari, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarning 700dan ortiq mas’ullari videokonferens aloqa shaklida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda  asosan Toshkent, Buxoro va Samarqand viloyatlarida olib borilgan o‘rganishlar natijasi tahlil qilindi. Ushbu hududlarda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham mavjudligi aytib o‘tildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatimizda 742 ta professional ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ularning 339 tasi kasb-hunar maktabi, 189 tasi kollej, 214 tasi texnikumlardir. Ularda 374,4 ming nafar yoshlar 370 ta kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olmoqda.

Yig‘ilishda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hududlarda ta’lim muassasalari faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ta’lim sifati, mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalanmaslik, 50 dan ortiq ta’lim maskanida bino va inshootlar talon-toroj qilingani hamda  qabul jarayoni bilan bog‘liq tizimli muammolar mavjud .

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri so‘nggi vaqtda prezident tashabbusi bilan oliy ta’lim tizimida yaratib berilgan sharoitlardan unumli foydalanilib, yaxshi natijalarga erishilayotgani ammo, professional ta’limda hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p ekanini ta’kidlab o‘tdi.

- Davlatimiz rahbari topshirig‘i bilan kasb-hunar kollejlari faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqilib, yangi uzluksiz professional ta’lim tizimi tashkil etildi. Lekin ta’lim olayotgan yoshlar va ish beruvchilar ushbu tizimdan ko‘ngli to‘lyaptimi, degan savollarga afsuski, barcha joyda ham ijobiy javob topish qiyin.

Ta’kidlanishicha, ta’lim maskanlarining 70 foizida faoliyat qoniqarsiz tashkil etilgan. 90,4 foizida pedagogning malaka toifasi yo‘q. 37 ta ta’lim maskanida birorta ham malaka toifasiga ega o‘qituvchi mavjud emas.

Xususan, Surxondaryo, Farg‘ona, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida bu ko‘rsatkich 7 foizni ham tashkil qilmaydi. Soha raqamlashmagan, unda reyting tizimi yo‘lga qo‘yilmagan, kadrlar qo‘nimsizligi mavjud. Jumladan, 10 dan ortiq hududiy boshqarma boshliqlari vaqtincha vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlamoqda. 30 dan ortiq ta’lim muassasasi direktori lavozimi o‘rinbosarlar zimmasiga vaqtincha yuklab qo‘yilgan.

Hay’at yig‘ilishida  “O‘quv-metodik ta’minot”ni yaratish va yagona bazaga jamlash masalasida Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmalari faoliyati tanqid qilindi. Abduqodir Toshqulov ayrim professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar rejadan tashqari qabul qilingani, jumladan, Buxoro viloyatida Afshona Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 398 nafar, G‘ijduvon tibbiyot kolleji 18 nafar o‘quvchini tasdiqlangan kvotadan oshiqcha olingani, Xiva tibbiyot kollejida 4 nafar o‘quvchi testdan o‘tmasdan qabul qilinganini qayd etdi.

 

Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA