Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir Surxondaryodagi ilk startap studiya faoliyati bilan tanishdi
07:20 / 2026-03-01

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida IT Park Surxondaryo filiali huzurida tashkil etilgan ilk startap studiyaga bordi.

Vazir studiyada yaratilgan sharoitlar hamda hududda startap ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan infratuzilma bilan tanishdi. Dastlab filial rezidentlari o‘z loyihalarini taqdim etib, ularni mahalliy va xalqaro bozorlarga olib chiqish istiqbollari muhokama qilindi. 

Mazkur studiya yoshlar uchun zamonaviy ish muhiti, texnik baza va mentorlik ko‘magini taqdim etib, g‘oyadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, startap studiya imkoniyatlaridan foydalanayotgan mahalliy frilanser Lenur Tashpo‘latov jamoasi faoliyati bilan ham tanishildi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan AKT loyihalar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda kelgusidagi rejalar taqdim etildi. 

Yosh mutaxassislarning tashabbuslari va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari alohida e’tirof etildi. Tashrif yakunida vazir startaplar va frilanserlar faoliyatini yanada kengaytirish, ularning mahsulot va xizmatlarini bozorga chiqarishda amaliy ko‘mak berish bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

Nigora Rahmonova, O‘zA