Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir o‘rinbosari yoshlar huzurida
19:26 / 2021-06-16

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari, polkovnik Hamdam Qarshiyev tuman yoshlari bilan uchrashdi.

Sarhadlarimizni ishonchli qo‘riqlayotgan harbiylarimiz hayoti haqida bilish har bir yosh uchun qiziqarli. Harbiylikka havasmand yoshlar safi ham tobora ortmoqda. Vazir o‘rinbosari yoshlarga harbiy bo‘lish uchun ko‘p o‘qish, o‘rganish, ma’naviyatli inson sifatida shakllanish lozimligini misollarda tushuntirdi. Ayniqsa, bu sohada kuchli iroda va yuksak tafakkur egasi bo‘lish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

[gallery-2813]

Tadbirda “Yoshlar jamg‘armasi” hisobidan 20 nafar yoshga qishloq xo‘jaligi sohasida foydalaniladigan motokultivator, 2 nafar ayolga tikuv mashinasi subsidiya asosida berildi. Shuningdek, eng faol va izlanuvchan yigit-qizlarga Mudofaa vazirligi qo‘mondonligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Uchrashuv Sharqiy harbiy okrug qorovul qo‘shinlarining ko‘rgazmali chiqishlari, muddatli harbiy xizmatchilarning badiiy dasturi va harbiy texnikalar namoyishi bilan yakunlandi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA