Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir o‘rinbosari olis mahallaga bordi
14:02 / 2024-10-16

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyatidagi markazdan eng olis hududda joylashgan mahallada aholi muammolarini o‘rgandi.

O‘rmonchi mahallasi viloyat markazidan qariyb 200 km uzoqlikda bo‘lib, Boysun tumanining tog‘li hududlaridan biri hisoblanadi.  

X.Meliyev O‘rmonchi mahallasida uyma-uy yurib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berdi, shuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lmagan bir fuqaroning murojaati ish yurituviga qabul qilinib, amaliy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.  

Vazir o‘rinbosari 50- hamda 53-sonli maktablarda bo‘lib, o‘quvchi va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ushbu maktablarda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.  

X.Meliyev “O‘rmonchi” MFY binosida mahalla mas’ullari bilan uchrashib, muammolarga to‘xtaldi va o‘zining fikr- mulohazalarini bildirdi.  

Nilufar Bozorova, O‘zA muxbiri