Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar va sport jihozlarini sovg‘a qildi
17:07 / 2019-03-27

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabiga borib, o‘zi ta’lim olgan ushbu muassasaga sport jihozlari hamda shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qildi.

Maktab jamoasi va o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida vazir o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda har bir inson faollik ko‘rsatishi lozimligini ta’kidladi.

photo5249364619389151957.jpg

– Umid qilamanki, o‘quvchilar bu kitoblarni o‘qib o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Yoshlarimiz qaysi sohani tanlamasin, ularning har tomonlama barkamol inson bo‘lib yetishishlari uchun nafaqat ma’nan, balki jismonan rivojlanish ham muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun, o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini turli zararli odatlarga sarflashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularni kitob o‘qishga, sport bilan shug‘ullanishga da’vat etishimiz zarur, – dedi Dilmurod Nabiev.